"Oʻzavtoyoʻlbelgi" DUK rahbariyatiga jinoiy ish ochildi
Platina.uz oʻtkazgan mustaqil oʻrganishda korxonaning 3 nafar mansabdori va boshqalar sudlanayotgani maʼlum boʻldi.

"Oʻzavtoyoʻlbelgi" DUKning 3 nafar mansabdori va boshqalar ustidan navbatdagi sud majlisi 24 fevral kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida boʻlib oʻtadi.
"Oʻzavtoyoʻlbelgi" direktori Vositxon Akramov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi a va v-bandi a va v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi 2-qismi a va b-bandi (Mansab soxtakorligi), 228-moddasi 2-qismi a va b-bandi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan ayblanpti.
- Direktor oʻrinbosari Shukrulla Asatov esa JKning 167-moddasi 3-qismi a va v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi 2-qismi a va b-bandi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan;
- Marketing boʻlimi boshligʻi Bahrom Saidov JKning 167-moddasi 3-qismi a va v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi 2-qismi a va b-bandi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan ayblanyapti.
Boshqa sudlanuvchilar:
- ABIDXODJAYeV ShORAXMAT ShOAKBAROVICh (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish);
- ABDURAXMANOV NURULLA ABDUVAKILOVICh (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-modda 3-qismi 2-qismi b-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
- MAMATXANOV ShAVKAT MANNAPJANOVICh (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-modda 3-qismi 2-qismi b-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
- MADAMINOV SARVARJON MAʼMURJON OʻGʻLI (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 228-modda 2-qismi a-bandi b-bandi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
- MAXMUDOVA SAIDA TURSUNOVNA (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-modda 2-qismi a-bandi b-bandi (Mansab soxtakorligi), 228-modda 2-qismi a-bandi b-bandi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
- YuLDAShEVA MUHAYYo ShARIPDJANOVNA (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish);
- ISAMUXAMEDOV ShAROFIDDIN ShAVKATOVICh (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-modda 2-qismi a-bandi b-bandi (Mansab soxtakorligi), 228-modda 2-qismi a-bandi b-bandi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish).
Maʼlumot uchun, 2017 yilda "Oʻzavtoyoʻlbelgi davlat unitar korxonasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. DUK yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va monopol ishlab chiqaruvchilar reyestrida 452–qilib roʻyxatga kiritilgan.
