platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 60 nafardan oshiq bola ovqatdan zaharlandi

Bogʻcha tarbiyalanuvchilari tana haroratini koʻtarilishi, qorinda ogʻriq, holsizlik, koʻngil aynishi bilan shifoxonaga yotqizildi. Hozirda ularning holati barqaror. 

Fargʻonada 60 nafardan oshiq bola ovqatdan zaharlandi

Fargʻonada 60 nafardan oshiq bogʻcha tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlangani aytilmoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga koʻra, joriy yilning 21 fevral kuni Fargʻona viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Fargʻona shahridagi 2-, 58- va 61-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 62 nafar tarbiyalanuvchisida yuzaga kelgan tana haroratining koʻtarilishi bilan bogʻliq holat boʻyicha murojaat qilingan.

Ayrim ota-onalar ovqatdan zaharlanish variantini ilgari surgan. Tarbiyalanuvchilar tana haroratini koʻtarilishi, qorinda ogʻriq, holsizlik, koʻngil aynishi, ich oʻtishi belgilari bilan murojaat qilgan.

Hozirda shifoxonada boʻlib turgan barcha bemor bolalarning ahvoli qoniqarli holatda.

Ularning salomatligi bilan bogʻliq oʻzgarishlar tibbiyot xodimlari tomonidan chuqur tahlil asosida oʻrganilmoqda.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur holat boʻyicha atroflicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumot beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid