platina.uz
Jahon

CNN: Ukraina oʻz tarixida misli koʻrilmagan demografik muammoga duch keldi

Mamlakat Rossiya hujum qilganidan beri taxminan 10 million kishini yoʻqotgan. Bu raqamga halok boʻlganlar, qochqinlar va Rossiya nazoratidagi hududlarda yashovchilar kiradi. 

CNN: Ukraina oʻz tarixida misli koʻrilmagan demografik muammoga duch keldi

CNN Ukraina oʻz tarixida misli koʻrilmagan demografik muammo qarshisida qolgani haqida yozdi.

Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi akademigi Ella Libanovaning taʼkidlashicha, Ukraina Rossiya bilan harbiy mojaro boshlanganidan beri taxminan 10 million kishini yoʻqotgan. Bu raqamga halok boʻlganlar, Yevropa davlatlariga ketganlar va Rossiya nazoratidagi hududlarda yashovchilar kiradi.

"Bu falokat. Hech bir mamlakat odamlarsiz yashay olmaydi. Urushdan oldin ham Ukraina aholisi zichligi past va juda notekis taqsimlangan edi", dedi ijtimoiy-iqtisodiy, demografiya va mehnat iqtisodiyoti boʻyicha olim Libanova CNNʼga bergan intervyusida.

Uning soʻzlariga koʻra, tugʻilish darajasi har bir ayolga bitta boladan ham pastga tushib ketgan. Yevropada bu koʻrsatkich 1,4 ni, Qoʻshma Shtatlarda esa 1,6 ni tashkil qiladi.

CNN shuningdek, harbiy mojaroning aholining reproduktiv salomatligiga salbiy taʼsirini xabar qilgan bir nechta shifokorlar bilan suhbatlashdi. Ular homilador boʻlishdagi qiyinchiliklar, yosh ayollarda erta klimaks va erkaklarda sperma sifatining yomonlashishi haqida xabar berishdi.

Oʻtgan yilning sentabr oyida Ukraina ommaviy axborot vositalari mamlakat aholisi 2025 yilga kelib 28,7 millionga kamayganini xabar qilishdi. 2019 yil dekabr oyida oʻtkazilgan elektron aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, aholi soni 37,3 million kishini tashkil etgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra esa, 2021 yilda Ukraina aholisi 41,9 mln kishini tashkil etgan. 1991 yilda mamlakat naq 52 mln kishilik nufusga ega boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid