Belarus bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi
Ikki kunlik tashrif doirasida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar va bir nechta ishlab chiqarish korxonalariga tashrif rejalashtirilgan.

Belarus bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi.
Aleksandr Turchi Belarus hukumati delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Hukumat matbuot xizmati xabar berishicha, 24 fevral kuni Toshkentda Oʻzbekiston-Belarus Biznes Kengashi va Oʻzbekiston-Belarus Biznes Forumining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Ikki kunlik tashrif doirasida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar va bir nechta ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi, deb xabar beradi BELTA.
