Behzod Normatov Prezident Administratsiyasida masʼul lavozimga tayinlandi
U Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha loyiha ofisi shoʻba mudiri boʻlib ishlaydi.

Behzod Normatov Prezident Administratsiyasida masʼul lavozimga tayinlandi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Behzod Raxmatullayevich Normatov Prezident Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha loyiha ofisi shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Behzod Normatov avval "Andijonneft" AJ boshqaruvi raisi boʻlgan, 2019 yil dekabrida Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan. Bir muddat "Oʻztransgaz"ni ham boshqargan.
