platina.uz
Jamiyat

Turkiya va Qirgʻiziston orqali keltirilgan qalbaki dollarlarni sotganlar ushlandi

Ular qalbaki 19900 AQSh dollarini xaridorga 14000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qoʻlga olingan. Ayblanuvchilarga "qamoq" ehtiyot chorasi qoʻllanildi. 

Turkiya va Qirgʻiziston orqali keltirilgan qalbaki dollarlarni sotganlar ushlandi

Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida tezkor tadbirda oʻtkazilgan. Unda Turkiya davlatidan Qirgʻiz Respublikasi orqali mamlakatimizga olib kelingan qalbaki AQSh dollari savdosi bilan shugʻullanganlar qoʻlga olindi.

Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t. shaxs oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan – 1972 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, 100 AQSh dollari kupyuradagi, qalbaki 19900 AQSh dollarini xaridorga 14000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda oson boylik orttirishni koʻzlagan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda esa, Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, goʻyoki qalbaki boʻlgan 100 AQSh dollari kupyurali 10 ming AQSh dollari, 100 ming soʻm kupyurali 10 mln soʻm va 50 ming soʻm kupyurali 5 mln soʻm pullarni haqiqiy 5500 AQSh dollariga sotishini aytadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u pul vositasi hisoblanmaydigan kupyuralarni 5500 AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid