platina.uz
Jahon

Tramp dunyo mamlakatlariga nisbatan 10 foizlik tariflar joriy etdi

Bu AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan avval kiritilgan tariflarni noqonuniy deb topganiga javob ekani aytilgan. 

Tramp dunyo mamlakatlariga nisbatan 10 foizlik tariflar joriy etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp barcha mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 24 fevraldan boshlab 150 kun davomida qoʻshimcha 10% tarif joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bunda muhim tovarlar va milliy xavfsizlik mahsulotlari bundan mustasno.

AQSh prezidenti Donald Tramp "barcha mamlakatlarga" qoʻshimcha 10% tarif joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy media platformasida eʼlon qildi.

"Men hozirgina Oval idorasidan barcha mamlakatlar uchun darhol kuchga kiradigan 10% global tarifni imzolaganimni eʼlon qilishdan juda faxrlanaman", deyiladi xabarda.

AQSh importiga qoʻshimcha 10 foiz tarif 24 fevraldan kuchga kiradi va 150 kun davomida amal qiladi.

Bu ayrim muhim minerallar, energiya mahsulotlari, tabiiy resurslar, mahalliy ishlab chiqarilmaydigan oʻgʻitlar, ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, farmatsevtika mahsulotlari, ayrim elektronika, avtomobillar va boshqa transport turlari hamda aerokosmik sanoatda ishlatiladigan mahsulotlar importiga taalluqli emas.

Qoʻshimcha tarif milliy xavfsizlik mahsulotlarini Qoʻshma Shtatlarga import qilishni, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar, Meksika va Kanada oʻrtasidagi Uch tomonlama savdo bitimi bilan qamrab olingan tovarlarni istisno qiladi.

Bir kun oldin AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan Favqulodda vaziyatlarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonundan foydalangan holda joriy etilgan tariflarni noqonuniy deb topdi. Sud prezident qonunga tariflarni joriy qilish orqali oʻz vakolatlaridan oshib ketganini aniqladi.

Shundan soʻng respublikachi barcha tariflar "amalda qolishini" taʼkidladi. Shuningdek, u allaqachon amalda boʻlgan tariflarga qoʻshimcha ravishda 10% global tarifni joriy etish toʻgʻrisidagi farmon imzolanganini eʼlon qildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid