platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi bozorda yongʻin chiqdi

Yongʻin joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Aziz Ikramov yetib borgan.

Toshkentdagi bozorda yongʻin chiqdi

Bugun, 21 fevral kuni soat 05:09 larda Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Qovunchi koʻchasida joylashgan qurilish maxsulotlari sotish bozorida yongʻin sodir boʻlgan.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Yongʻin joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Aziz Ikramov yetib borgan. Yongʻin natijasida bozor hududidagi 200 kv.m maydonda joylashgan rom va eshik mahsulotlari yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning yongʻinni tezkorlik bilan bartaraf etishi natijasida bozorning 2000 kv.m maydoni saqlab qolingan. Qizigʻi, joriy yilning 16 fevral kuni mazkur bozor davlat yongʻin nazorati organi tomonidan tegishli tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan. Tekshiruv davomida yongʻin xavfsizligi qoidalarining bir qator buzilish holatlari aniqlangani sababli kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar bozorning ish faoliyati toʻxtatilib, 3 kun muddatga elektr taʼminotidan uzilgan.

Bozor maʼmuriyati tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimiga aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kafolat xati taqdim etgan. Biroq ushbu qoidabuzarliklar oʻz vaqtida toʻliq bartaraf etilmagani oqibatida yongʻin kelib chiqqan.

Eslatib oʻtish kerak, Toshkentdagi "Aviator" savdo markazida yuz bergan fojiali yongʻindan soʻng bunday tekshiruvlar hamma joyda oʻtkazilyapti.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid