platina.uz
Jahon

Qozogʻiston va yana toʻrt davlat Gʻazo sektoriga qoʻshin yuboradi

Ular Xalqaro xavfsizlik kuchlari tarkibida ishtirok etadi. Jami 12 ming politsiya xodimi va 20 ming harbiy xizmatchi joʻnatilishi rejalashtirilgan. 

Qozogʻiston va yana toʻrt davlat Gʻazo sektoriga qoʻshin yuboradi

Besh davlat Gʻazo sektoriga qoʻshin yuboradi.

Qozogʻiston, Indoneziya, Marokash, Albaniya va Kosovo Xalqaro xavfsizlik kuchlari tarkibida ishtirok etish uchun Gʻazo sektoriga qoʻshin yuborishga vaʼda berdi.

Bu haqda 19 fevral kuni AQSh armiyasi general-mayori Jasper Jeffers Tinchlik kengashining birinchi yigʻilishida eʼlon qildi.

"Dastlabki beshta davlat Xalqaro xavfsizlik kuchlarida xizmat qilish uchun qoʻshin yuborishi bildirdi: Indoneziya, Marokash, Qozogʻiston, Kosovo va Albaniya. Ikki davlat - Misr va Iordaniya - politsiyani oʻqitishga vaʼda berdi", dedi u.

Jami 12 000 politsiya xodimi va 20 000 harbiy xizmatchi joʻnatilishi rejalashtirilgan.

Isroil shuningdek, Falastin anklavining janubiy qismida xavfsizlik kuchlarini joylashtiradi. Jeffersning soʻzlariga koʻra, ular nazorat qiladigan sektorlar sonini asta-sekin kengaytirishi kutilmoqda.

Tadbir Oq uyning YouTube kanalida namoyish etildi.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Gʻazoda bogʻcha, maktab va shifoxonalar qurishga hissa qoʻshishini bildirgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid