Oʻzbekistonliklar eng koʻp safar qilayotgan davlatlar eʼlon qilindi
Dastlabki uchta oʻrinni qoʻshni davlatlar egalladi. Qirgʻiziston oʻzbekistonliklar eng koʻp borayotgan davlat deb topildi.

Oʻzbekistonliklar eng koʻp safar qilayotgan davlatlar eʼlon qilindi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil yanvar oyida 589 647 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 38,2 ming nafarga yoki 6,9 % ga oshgan.
2026 yilning ilk oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
Qirgʻiz Respublikasi — 232 174 nafar;
Tojikiston — 98 659 nafar;
Qozogʻiston — 88 012 nafar;
Saudiya Arabistoni — 62 655 nafar;
Rossiya — 32 291 nafar;
Turkiya — 17 288 nafar;
BAA — 16 030 nafar;
Tailand — 6 890 nafar;
Xitoy — 6 117 nafar;
Misr — 4 585 nafar.
Shuningdek, 2026 yilning yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga oshgan.
Turistlar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar:
Qirgʻiz Respublikasi – 282 798 nafar;
Tojikiston – 244 373 nafar;
Qozogʻiston – 207 858 nafar.
