Kim Chen In yangi turdagi raketa tizimini shaxsan boshqardi
Katta kalibrli koʻp oʻqli raketa tizimi Koreya Mehnat partiyasining 9-sʼezdida topshirilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsan yangi katta kalibrli koʻp oʻqli raketa tizimining rulini egallab, uni boshqargan. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Qurol tizimi mudofaa sanoati ishchilari tomonidan Koreya Mehnat partiyasining 9-sʼezdiga topshirildi. Kim Chen In qurolni mamlakatning toʻxtatuvchi kuchlarini kuchaytirish boʻyicha strategik maqsadlarini amalga oshirishga qodir "chinakam faxrli qurol" deb atadi.
U shuningdek, mudofaa sanoati ishchilarining hissasini taʼkidlab, ularni "inqilobchilar orasidagi inqilobchilar" va "vatanparvarlar orasida vatanparvarlar" deb atadi va ularning partiyani qoʻllab-quvvatlashini eʼtirof etdi.
Dekabr oyi oxirida Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasi tomonidan qabul qilinadigan ushbu koʻp oʻqli artilleriya tizimlarini ishlab chiqarishni tekshirgan edi.
Shimoliy Koreya rahbari uzoq masofali artilleriyani modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun "qurol tizimlarini takomillashtirishda katta yutuqlarga erishish" zarurligini taʼkidladi.
