platina.uz
Jamiyat

Jarqoʻrgʻon tumani hokimi oʻrinbosari qamoqqa olindi

U 9 gektar yerni poliz ekinlari ekish uchun ijaraga berish evaziga 90 mln soʻm talab qilgan. Chustda esa hokim yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi. 

Jarqoʻrgʻon tumani hokimi oʻrinbosari qamoqqa olindi

Surxondaryoda hokim oʻrinbosari va Namanganda hokim yordamchisining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, hokimlik zaxirasida boʻlgan 9 gektar yer maydonini Sherobod tumanida yashovchi fuqaroga poliz ekinlari ekish uchun 4 oy muddatga ijaraga berish evaziga 90 mln soʻm talab qilib, joriy yilning yanvar oyida 30 mln soʻm oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 60 mln soʻmni Termiz shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati Chust tuman hokimining mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi yordamchisi 2022 yilda “Sadacha” kichik sanoat zonasi hududidan oʻzining qarindoshiga tadbirkorlik bilan shugʻullanish maqsadida ajratib berilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotix qismini hokimiyatdagi tanishlari orqali 1982 y.t. fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming AQSh dollari talab qiladi.

Ammo, hokim yordamchisi oldindan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid