platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda bir guruh narkosavdogarlar 15 yilga qamaldi

Ikki nafar fuqaro davlat chegarasini buzgan holda, Tojikistondan 20,3 kg “opiy” va 41,6 kg “gashish” moddalarini olib kelgan vaqtlarida ushlangan.

Surxondaryoda bir guruh narkosavdogarlar 15 yilga qamaldi

Narkosavdogarlarning har biri 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Giyohvandlik vasitalari kontrabandasi va savdosiga qarshi kurashish doirasida 2025 yilning avgust oyida DXX Chegara qoʻshinlari va Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, 2005 va 2006 yillarda tugʻilgan 2 nafar mahalliy fuqaro davlat chegarasini buzgan holda, Tojikiston Respublikasidan 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” moddalarini olib kelgan vaqtlarida ushlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari – Uzun tumanida yashovchi, 2000 va 2004 yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs hamda ajal ogʻusining buyurtmachisi hisoblangan, Denov shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaro ham protsessual tartibda qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudining hukmiga asosan, qonunbuzarlar tegishliligi boʻyicha Jinoyat Kodeksining 223, 246, 273-moddalari bilan aybli deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid