platina.uz
Siyosat

Prezident AQShda qator muhim uchrashuvlar oʻtkazdi

AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan strategik sherikligini yanada mustahkamlash muhokama qilindi. Oʻzbekiston Prezidenti AQSh tomonini Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashishga taklif etdi. 

Prezident AQShda qator muhim uchrashuvlar oʻtkazdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi.

Oʻzbekiston – AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari, shuningdek, ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonning asosiy sheriklaridan biri ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oshdi, mamlakatimiz bozorida AQShning 340 ga yaqin kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.

Energetika, oʻta muhim minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Qiymati 35 milliard dollar boʻlgan uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturi amal qilmoqda. Bugun ishbilarmonlik tadbirlari doirasida bir qator muhim kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Ustuvor loyihalarni tizimli qoʻllab-quvvatlash uchun yaqinda tashkil etilgan Ishbilarmonlik kengashining imkoniyatlaridan foydalanish va Investitsiya platformasini ishga tushirish zarurligi taʼkidlandi.

Savdo munosabatlarini rivojlantirish hamda Oʻzbekiston hududlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari davomida Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blekni qabul qildi.

Oʻtgan yili Prezident Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar AQSh ishbilarmon doiralari bilan savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki bergani taʼkidlandi.

Ishbilarmonlik kengashi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ustuvor loyihalarni tizimli ilgari surish uchun Investitsiya platformasini ishga tushirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Eksimbank bilan hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi. Yirik sanoat va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish hamda yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berishni qoʻllab-quvvatlash shular jumlasidan.

DFC rahbariyati bilan suhbatda investitsiyaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi. Korporatsiyaning yirik milliy va mintaqaviy loyihalarda ishtirok etish, moliya bozori va energetika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Oʻzbekiston Prezidenti AQSh tomonini Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida tashrif davomida imzolangan Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida investitsiya platformasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim almashildi.

Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik uchrashuvlarining navbatdagisi AQSh savdo vakili Jeymison Grir bilan boʻldi.

Qoʻshma loyihalar doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimining amaliy natijalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida barqaror surʼatda rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.

Oʻzaro savdoni koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini yakuniga yetkazishga oid masalalarda amaliy hamkorlikni kuchaytirish va AQSh tomonidan ushbu jarayonlarni yanada qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Mahsulotlarni barqaror yetkazib berish, texnik tartibga solish va raqamli savdoga oid mintaqaviy yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh oʻrtasidagi Savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli bitim (TIFA) doirasida hamkorlikni faollashtirish taklifi bildirildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Prezidenti AQSh savdo vakili Jeymison Grirni joriy yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bagʻishlangan marosim va qoʻshma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Tadbirda AQSh hukumati va moliya institutlari vakillari – savdo vakili Jeymison Grir, Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich, AQSh – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, shuningdek, “Traxys”, “Valmont Industries”, “Gulf Oil”, “Avigen Broiler Breeding Group”, “John Deere”, “BlackRock Financial Markets Advisory”, “Oppenheimer” va boshqa yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Videoaloqa orqali uchrashuvda Oʻzbekiston hududlari rahbarlari ham qatnashdi.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida yangi, amaliy formatda oʻtayotgan ushbu uchrashuv bundan avvalgi davra suhbatining mantiqiy davomi hamda iqtisodiy sheriklik strategik ishonch va oʻzaro manfaatdorlik ruhida yuksak darajaga koʻtarilayotganining ifodasi ekanini taʼkidladi.

– Bugungi kunda sheriklar ishonchli, qoidalar aniq-ravshan, hamkorlik esa uzoq muddatli boʻlishi yetakchi oʻringa chiqmoqda. Biz Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorligimizni aynan shu mantiq asosida qurmoqdamiz, – dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtildi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyot Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikning asosiy tayanch nuqtalaridan biri ekanini taʼkidladi.

Qoʻshma Shtatlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari qatorida oʻta muhim xomashyo, neft-kimyo, energetika, qishloq xoʻjaligi, parrandachilik va boshqa tarmoqlar koʻrsatib oʻtildi. AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi va Eksimbankining bitimlarga hamrohlik qilishda doimiy hamkorlar sifatidagi roli ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Qoʻshma Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining salohiyatidan faol foydalanish muhimligi taʼkidlandi.

Hududlararo aloqalarni mustahkamlash doirasida Oʻzbekiston hududlari rahbarlarining AQShning hamkor shtatlariga tashriflarini tashkil etish topshirildi.

Davlatimiz rahbari huzurida yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini qurish, yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, muhim minerallarni qazib olish va yetkazib berish, parrandachilik klasterini tashkil etish, agrosanoat, moliya bozorini rivojlantirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid