Namangandagi YTHda bir nafar bola vafot etdi
Hodisa sabab jabrlangan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

“Umid chirogʻi” kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilari YTHga uchradi.
2026 yil 18 fevral kuni soat 08:30 lar atrofida Norin tumanida joylashgan “Umid chirogʻi” kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketish jarayonida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Hodisa tarbiyalanuvchilarni markazga olib ketayotgan transport vositasida 6 nafar bola boʻlgan vaqtda yuz bergan.
Afsuski, hodisa oqibatida tarbiyalanuvchilardan biri — 2015 yilda tugʻilgan Sh.X. ogʻir tan jarohati natijasida vafot etdi.
Qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi. Hozirgi vaqtda ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda, deya xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
