platina.uz
Jahon

Janubiy Koreya sobiq prezidenti umrbod qamoq jazosiga hukm etildi

U isyon qoʻzgʻashda aybdor deb topildi. Yun Sok Yolga nisbatan oʻlim jazosi soʻralgandi. 

Janubiy Koreya sobiq prezidenti umrbod qamoq jazosiga hukm etildi

Janubiy Koreyada sud sobiq prezident Yun Sok Yolni 2024 yil oxirida harbiy holat eʼlon qilinishi munosabati bilan isyon qoʻzgʻashda aybdor deb topdi.

Yonhap xabar berishicha, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyun ham isyon qoʻzgʻashda aybdor deb topildi. Harbiy holat eʼlon qilingandan soʻng, u vaziyat uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. CNN xabar berishicha, u 30 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

2024 yil 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol xalqqa murojaat qildi. U Koreya Respublikasini Shimoliy Koreya kommunistik kuchlari tahdididan himoya qilish uchun favqulodda holat eʼlon qildi.

Yunning nutqidan 150 daqiqa oʻtgach, favqulodda sessiya davomida parlament harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi.

6 dekabr kuni parlament prezidentni impichment qilish uchun birinchi urinishni amalga oshirdi, ammo u muvaffaqiyatsiz boʻldi. Bir hafta oʻtgach, 14 dekabr kuni ikkinchi impichment boʻyicha ovoz berish muvaffaqiyatli boʻldi. Yun lavozimidan chetlashtirildi va sudga tortildi.

Unga nisbatan oʻlim jazosi soʻralgandi.

Avvalroq Janubiy Koreya sobiq bosh vaziri 23 yilga qamalgandi.

U 2024 yil dekabrda sobiq prezident Yun Suk Yol tomonidan eʼlon qilingan harbiy holat bilan bogʻliq isyon harakatlarida ishtirok etgan deb topildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid