platina.uz
Siyosat

Donald Tramp: "Shavkat Mirziyoyev — mening doʻstim. Mamlakatingizda ishlar zoʻr ketyapti"

AQShda Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishi boshlandi. Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni eʼtirof etdi

Donald Tramp: "Shavkat Mirziyoyev — mening doʻstim. Mamlakatingizda ishlar zoʻr ketyapti"

Donald Tramp prezident Shavkat Mirziyoyev faoliyatini eʼtirof etdi.

Vashington shahridagi AQSh Tinchlik institutida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda AQSh rahbari Donald Tramp Oʻzbekiston yetakchisini tanishtirdi.

“Shavkat Mirziyoyev — mening doʻstim. Mamlakatingizda ishlar zoʻr ketyapti, siz zoʻr ketyapsiz!”, dedi AQSh rahbari.

Avvalroq Prezident AQShda qator muhim uchrashuvlar oʻtkazgandi.

AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan strategik sherikligini yanada mustahkamlash muhokama qilindi. Oʻzbekiston Prezidenti AQSh tomonini Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashishga taklif etdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid