platina.uz
Jamiyat

Xorazmda Muhammad al-Xorazmiy haykali uchun 25 mlrd soʻm ajratiladi

Viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov tegishli farmoyishni imzoladi. Mablagʻ viloyat byudjetidan taqdim etiladi. 

Xorazmda Muhammad al-Xorazmiy haykali uchun 25 mlrd soʻm ajratiladi

Xorazmda al-Xorazmiy haykali uchun 25 mlrd soʻm ajratiladi. Bu haqda viloyat hokimining 2026 yil 18 fevraldagi farmoyishida aytiladi.

Unga koʻra, al-Xorazmiy haykalini yasash, oʻrnatish hamda uning atrofidagi xiyobonni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga 25 mlrd soʻm beriladi. Mazkur ishlar uchun viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga koʻra shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 25 milliard soʻm. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga oʻtkazib beriladi.

Ushbu hujjat Prezidentning 2025 yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Loyiha ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Davletov zimmasiga yuklatildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid