platina.uz
Jahon

Vatikan Trampning “Tinchlik kengashi”da ishtirok etmaydi

Dunyodagi eng kichik davlat rahbariyati xalqaro inqirozlarni hal etishda asosiy rol BMTga tegishli ekanini aytgan. 

Vatikan Trampning “Tinchlik kengashi”da ishtirok etmaydi

Vatikan “Tinchlik kengashi”da ishtirok etmaydi.

Dunyodagi eng kichik davlat boʻlmish Vatikan xalqaro inqirozlarni hal etishda asosiy rol BMTga tegishli ekanini taʼkidladi.

Tramp raislik qilayotgan ushbu kengash dastlab Gʻazodagi sulh jarayonini nazorat qilish hamda HAMAS va Isroil oʻrtasidagi urushdan keyin hududni tiklashni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan edi.

Biroq keyinchalik uning vazifalari kengaytirilib, turli xalqaro mojarolarni hal etishga qaratilgani aytilmoqda. Bu esa AQSh prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkilotiga muqobil tuzilma yaratmoqchi degan xavotirlarni kuchaytirdi. Kengashning ilk yigʻilishi 19 fevral kuniga belgilangan.

Davlat kotibi kardinal Petro Parolinning taʼkidlashicha, global miqyosdagi eng muhim inqirozlarni aynan BMT boshqaradi.

“Biz uchun hal etilishi lozim boʻlgan ayrim muhim masalalar mavjud,” dedi u. “Xalqaro darajada bunday inqirozli vaziyatlarni boshqarish avvalo BMT zimmasidadir. Biz qatʼiy turib kelayotgan masalalardan biri ham shu.”

Tramp yanvar oyida Davosda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumida “Tinchlik kengashi”ni eʼlon qilganidan buyon kamida 19 davlat uning nizomini imzolagan.

Doimiy aʼzolik uchun mamlakatlardan 1 milliard dollar miqdorida badal toʻlash soʻralgani bildirilgan.

Ayrim Gʻarb davlatlari kengashda ishtirok etmayapti. Oʻzbekiston esa kengash taʼsischi davlatlaridan sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid