platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida bosqinchilik va tovlamachilik sodir etganlar qoʻlga olindi

Yangiyoʻlda 2007 yil tugʻilgan ikki shaxs boshqa fuqaroning telefon apparati, pul mablagʻlari va bank kartasini talon-taroj qilgani aniqlangan. 

Toshkent viloyatida bosqinchilik va tovlamachilik sodir etganlar qoʻlga olindi

Toshkent viloyati IIBB tomonidan Yangiyoʻl va Chirchiq shaharlarida bosqinchilik hamda tovlamachilik jinoyatlari fosh etildi.

Huquq-tartibot organlari qonun ustuvorligini taʼminlash va jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllangan murojaatnomada qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgandi.

Ichki ishlar organlari tomonidan hududlarda profilaktik reydlar, tushuntirish ishlari va tezkor tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilib, jinoyatlarning barvaqt oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yangiyoʻl tumanida sodir boʻlgan jinoyat ishida 2007 yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs yarim tunda, 1996 yil tugʻilgan fuqaroning telefon apparati, pul mablagʻlari va bank kartasini talon-taroj qilgani aniqlanib, ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Chirchiq shahrida sodir boʻlgan jinoyat ishida esa 2004 yilda tugʻilgan shaxs tanish qizi bilan birgalikda 20 yoshli boshqa bir qizni shaxsiy foto va videomateriallarini internetga tarqatish bilan qoʻrqitib, 500 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

Gumonlanuvchilar kelishilgan pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid