IIV akademiyasiga kiritish uchun 12 ming dollar olganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

IIV akademiyasiga kiritish uchun 120 ming dollar soʻraganlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar S.R. va S.Sh. oʻzaro til biriktirib, fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlar akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq 6,8 mingdan oshiq fuqaroning maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan shaxs ushlangandi.
U firma orqali maishiy texnikalarning 80 foizini toʻlab berishni vaʼda qilib, odamlarni aldagan
