platina.uz
Jamiyat

Taʼlimni rivojlantirish respublika markazi direktori almashdi

Avval bu lavozimda ishlagan Yuliya Risyukova PA rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlinmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

Taʼlimni rivojlantirish respublika markazi direktori almashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilevna Risyukova Administratsiya rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlinmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq Hilola Umarova boshqa ishga oʻtishi sabab PA rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Ilhom Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid