platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalariga eslatma bilan chiqdi

Ayrim joylarda Ramazon oyida majburiy "aksiya setlar" (kompleks ovqatlar toʻplami) joriy qilinayotgani muhokamalarga sabab boʻlgan. 

Raqobat qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalariga eslatma bilan chiqdi

Raqobat qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalariga eslatma bilan chiqdi.

Bugungi kunda, ayrim umumiy ovqatlanish korxonalari (kafe, restoran, oshxona v.b) tomonidan Ramazon oyida "aksiya setlar" (kompleks ovqatlar toʻplami) joriy qilinib ularni majburiy qilish holatlari, shuningdek minimum narxlar belgilab undan boshqa tanlov yoʻqligi belgilanayotgani hamda bu orqali isteʼmolchilarning erkin tanlov huquqlarini cheklanayotganligi alomatlari kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining:

4-moddasiga muvofiq, isteʼmolchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishini talab qilish huquqlariga ega, 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga haqli emas.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari oʻz xizmatlarini koʻrsatayotganda:

— isteʼmolchiga koʻshimcha xizmat va mahsulotlarni olishga qistamaslik (isteʼmolchi" set" koʻrinishidagi toʻplamni rad etga unga taomnomadagi boshqa taomga buyurtma berish huquqini cheklamaslik);

— isteʼmolchilar sogʻligʻi uchun aks taʼsir qiluvchi ( allergiya qoʻzgʻatuvchi fermentlar mavjudligi inobatga olinmasdan) taomlarni ovqatlar toʻplami tarkibida xarid qilishiga majburlash holatiga yoʻl qoʻymasliklari lozim.

Zero, Konstitutsiyaning 65 moddasida Davlat isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi deb belgilangan.

Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi eslatib oʻtadi:

Umumiy ovqatlanish korxonalari (kafe, restoran, oshxona v.b) tomonidan bu kabi qonunbuzish holatlariga yoʻl qoʻyib, isteʼmolchilarning huquqlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda taʼsir choralari koʻriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid