platina.uz
Jamiyat

Ramazonga vaʼda qilingan ijtimoiy toʻlovlar miqdori belgilandi

Mazkur yordamlar "Vaqf" fondi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xalq banki tomonidan 2026 yil 1 martgacha ijtimoiy yoki plastik kartalarga tushirib beriladi.

Ramazonga vaʼda qilingan ijtimoiy toʻlovlar miqdori belgilandi
Foto: Platina.uz

Ijtimoiy reyestrning "davlat taʼminotidagi oila" toifasidagi oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestridagi fuqarolar, shuningdek, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalar yashayotgan oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.

Ijtimoiy reyestrning "kambagʻal oila" toifasidagi hamda "mahalla yettiligi" tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam beriladi.

Mazkur yordamlar "Vaqf" fondi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xalq banki tomonidan 2026 yil 1 martgacha ijtimoiy yoki plastik kartalarga tushirib beriladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

2026 yil 1 martga qadar davolanadigan yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan bemorlarni tibbiyot tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha axborot moduli ishga tushiriladi.

Avvalroq Muborak Ramaon oyida nuroniylar, yolgʻiz va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olish, ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalarga amaliy koʻmak berish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard soʻm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard soʻm ajratilishi aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid