platina.uz
Jamiyat

“Oʻzbekneftgaz” rahbarining ikki oʻrinbosari ishdan ketdi

Har ikkala isteʼfo orasidagi farq deyarli bir oyni tashkil qiladi, ammo kompaniya bu haqda shu vaqtgacha rasmiy xabar bermagan.

“Oʻzbekneftgaz” rahbarining ikki oʻrinbosari ishdan ketdi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvida ikki nafar oʻrinbosar ishdan ketgani maʼlum boʻldi.

Raisning qurilish va transport boʻyicha oʻrinbosari Yuldashev Gʻayrat Abdullayevich 19 yanvarda, rejim va kadr masalalari boʻyicha oʻrinbosari Hakimov Qahramon Norboʻta oʻgʻli 16 fevralda lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” kuzatuv kengashi aʼzosi Muxutdinov Nodir Ubaydullayevichning vakolati ham tugatildi.

Oʻtgan yili dekabrda “Oʻzbekneftgaz” boshqaruviga Abdugʻani Sanginov rahbar etib tayinlangan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid