“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Suhrob Hamroyev boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻldi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.
Suhrob Hamroyev “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U turli yillarda vazirlik va respublika darajasidagi davlat idoralari, ekspert agentliklari hamda neft-gaz va energetika sohalarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Abrorjon Xudoyberganov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U mehnat faoliyatini qurilma kuzatuvchisi lavozimidan boshlab, bosqichma-bosqich masʼul va rahbarlikgacha samarali faoliyat olib borgan.
Biroz avval “Oʻzbekneftgaz” rahbarining ikki oʻrinbosari ishdan ketgani xabar qilingandi.
