platina.uz
Jamiyat

Koʻplab davlatlarda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari hijriy 1447 yil Ramazon oyi hiloli koʻrinmaganini maʼlum qildi.

Koʻplab davlatlarda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi

Bugun, 17 fevral kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari hijriy 1447 yil Ramazon oyi hiloli koʻrinmaganini maʼlum qildi.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining taqdim etgan maʼlumoti ham mazkur kuzatishlarni tasdiqladi. Shu bois, joriy yil 18 fevral kuni hijriy 1447 yil Shaʼbon oyining oʻttizinchi kuni, Ramazon oyining birinchi kuni esa shu yilning 19 fevral kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qilindi.

Quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinchi kunini shu yilning 19 fevral kuni deb eʼlon qildi:

  • Misr Arab Respublikasi
  • Iordaniya
  • Suriya
  • Iroq
  • Eron
  • Turkiya
  • Qozogʻiston
  • Qirgʻiziston
  • Tojikiston
  • Turkmaniston
  • Ozarbayjon
  • Indoneziya
  • Bruney
  • Ummon
  • Singapur
  • Avstraliya
  • Yaponiya
  • Pokiston
  • Hindiston
  • Malayziya
  • Janubiy Koreya

Bundan tashqari, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi joriy yil 19 fevral kunini Ramazon oyining birinchi kuni deb eʼlon qildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid