platina.uz
Siyosat

Iordaniya Oʻzbekiston bilan hibsga olinganlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Hujjat qirol Abdulloh II ibn al-Husaynning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan. 

Iordaniya Oʻzbekiston bilan hibsga olinganlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Iordaniya Senati Oʻzbekiston hukumati va Iordaniya hukumati oʻrtasida hibsga olinganlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi.

Hujjat 2025 yil 26 avgustda Samarqandda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi qiroli Abdulloh II ibn al-Husaynning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan.

Muqaddima va 23 ta moddadan iborat ushbu bitim shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish maqsadida topshirish tartibi, asoslari va shartlarini belgilaydi.

Hujjatning kuchga kirishi ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlarining jinoiy ishlarni tergov qilish va sudga berishdagi samaradorligini oshiradi, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini mustahkamlash orqali jazodan qochishning oldini oladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid