Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
U Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga rahbarlik qiladi.

Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi.
Prezidentning qarori bilan Hilola Oʻktamovna Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Umarova 2023-2025 yillarda mazkur vazirlikni boshqargan.
Avvalroq Hilola Umarova Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
Ilhom Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
