platina.uz
Jamiyat

2026 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorlari eʼlon qilindi

Kamida 85 gramm tilla yoki 100 000 000  (yuz  million) soʻm puli yoki ushbu qiymatdagi tijorat moli boʻlgan kishi zakot berishi farz sanaladi. 

2026 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorlari eʼlon qilindi

2026 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026 / hijriy 1447 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

Zakot nisobi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 100 000 000 (yuz million) soʻm deb belgiladi.

Shunga koʻra, kamida 85 gramm tilla yoki 100 000 000 (yuz million) soʻm pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi tijorat moli boʻlgan kishi, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida kambagʻallarga berishi farzdir.

Fitr sadaqasi miqdori

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

≈ 2 kg bugʻdoy yoki uning qiymati – 10 000 (oʻn ming) soʻm;

≈ 2 kg bugʻdoy uni yoki uning qiymati – 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm;

≈ 4 kg arpa yoki uning qiymati – 20 000 (yigirma ming) soʻm;

≈ 2 kg mayiz yoki uning qiymati – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;

≈ 4 kg xurmo yoki uning qiymati – 200 000 (ikki yuz ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambagʻalga bersa kifoya qiladi. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida hayit namozi oʻqilgunga qadar berish kerak boʻladi.

Fidya miqdori

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi.

Shunday ekan, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida beradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid