platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Howo yuk mashinasi urib yuborgan kurer vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov davom etmoqda.

Toshkentda Howo yuk mashinasi urib yuborgan kurer vafot etdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Voqea 15 fevral kuni soat 18:00 atrofida TXAY-Chorbogʻ koʻchalari kesishgan chorrahada sodir boʻlgan. Howo yuk mashinasi haydovchisi oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan velosipeddagi 22 yoshli A.I.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Maʼlumotlarga koʻra, u yetkazib berish xizmatida ishlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishning odam oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid