platina.uz
Siyosat

Ramazonda ehtiyojmandlarga 1 trln soʻmdan ziyod mablagʻ ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Ramazonda ehtiyojmandlarga 1 trln soʻmdan ziyod mablagʻ ajratiladi

Muborak Ramaon oyida nuroniylar, yolgʻiz va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olish, ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalarga amaliy koʻmak berish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard soʻm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard soʻm ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev muborak oyda ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Shuningdek, ajratiladigan mablagʻlar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish, nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab berish ham koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid