platina.uz
Jamiyat

Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi

Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilingan. 

Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi

2026 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19 fevral kuniga toʻgʻri keladi.

Bu haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi, deyiladi prezidentning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorida.

“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi degan ezgu gʻoya asosida:

- kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

- mahallalarni oʻzaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;

- yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;

- Ramazon oyi bilan bogʻliq tadbirlarni isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida oʻtkazishga alohida eʼtibor berilishi koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid