Qoʻqondagi uyda gaz chaqnashi sabab bir kishi vafot etdi
Hodisa oqibatida jami 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati oldi.

Qoʻqondagi uyda yongʻin sabab bir kishi vafot etdi.
16 fevral kuni Qoʻqon shahar, "Muqimiy" koʻchasida koʻp qavatli uy yonayotganligi toʻgʻrisida 112 tizimi orqali Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yongʻin joyiga yongʻin qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin batamom oʻchirildi.
Yongʻin gaz va havo aralmasining chaqnashi oqibatida sodir boʻlgan boʻlib, 28-uyning 50 kv.m. maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan.
Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan.
Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi Fargʻona viloyati FVB xabarida.
