platina.uz
Jamiyat

Hilola Umarova boshqa ishga oʻtishi sabab PA rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Ilhom Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Hilola Umarova boshqa ishga oʻtishi sabab PA rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Hilola Oʻktamovna Umarova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Ilhom Tohirovich Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Siradjev 2006-2017 yillarda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar oʻquvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023 yillarda Xalq taʼlimi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid