Forishda sel sabab 30 ga yaqin xonadonlarni suv bosdi
Hodisa oqibatida vafot etgan va jarohat olganlar yoʻq.

Forish tumanida 30 ga yaqin xonadonlarni suv bosdi. FVV holat haqida maʼlumot berdi.
14 fevral kuni soat 04:53 da Jizzax viloyati, Forish tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida “Qizilqum” MFY, Qizilqum qishlogʻidan sel-suvlari oqimlari oqib oʻtishi kuzatilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “Qizilqum” MFY, Qizilqum qishlogʻi “Erali” koʻchasidagi taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarning hovlisi va tomorqalariga sel-suvlari kirishi kuzatilgan.
Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga barcha zarur texnika va kuch-vositalar jalb etilgan.
Hodisa oqibatida vafot etgan va jarohat olganlar yoʻq.
Vaziyat viloyat FVB tomonidan toʻliq nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
Avvalroq Qamchiq dovoni hududida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilingandi.
