Ayrim hududlarda harorat 25 darajagacha koʻtariladi
"Oʻzgidromet" 15-18 fevral uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Oʻzbekistonda 15-18 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.
Mamlakat shimolida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 fevralda 1-6° iliq, 18 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 15 va 17 fevralda 10-15° iliq, 16 fevralda 5-10° iliq, 18 fevralda 15-20° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15 fevralda 17-22° iliq; 16-17 fevralda 12-17° iliq, 18 fevralda 18-23° iliq; Navoiy viloyati shimolida 15-17 fevralda 1-6° iliq, 18 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 15 va 17 fevralda 10-15° iliq, 16 fevralda 5-10° iliq, 18 fevralda 15-20° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo,Jizzzax, Samarqandda ыavo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda Samarqand viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 15 fevralda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15 va 17-18 fevralda 5-10° iliq, 16 fevralda 7-12° iliq, kunduzi 15-16 fevralda 15-20° iliq, 17 fevralda 12-17° iliq, 18 fevralda 17-22° iliq boʻladi.
Janubda havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17 fevralda kechasi 5-10° iliq, 18 fevralda 8-13° iliq, kunduzi 15 fevralda 18-23° iliq, 16 fevralda 15-20° iliq, 17 fevralda 13-18° 18 fevralda 20-25° iliq boʻladi.
Vodiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 15 fevralda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-16 fevralda 15-20° iliq, 17 fevralda kechasi 12-17° iliq, 18 fevralda 16-21° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 15-16 fevralda qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi; 16-18 fevralda kechasi 0-5° iliqqacha, kunduzi 9-14° iliqqacha koʻtariladi.
