platina.uz
Jahon

AQSh Eronga qarshi uzoq muddatli operatsiyaga tayyorlanayotgani aytildi

Qoʻshma Shtatlar kuchlari nafaqat yadroviy infratuzilmaga, balki hukumat obʼektlariga ham zarba berishi mumkin. 

AQSh Eronga qarshi uzoq muddatli operatsiyaga tayyorlanayotgani aytildi

AQSh harbiylari Eronga qarshi "uzoq muddatli, koʻp haftalik operatsiyalar" oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Reuters oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, agar AQSh prezidenti Donald Tramp hujumga buyruq bersa, operatsiya boshlanadi.

Operatsiyani rejalashtirish 2025 yil iyun oyida AQShning Eronga hujumidan oldingiga qaraganda "murakkabroq". AQSh kuchlari nafaqat yadroviy infratuzilmaga, balki hukumat obʼektlariga ham zarba berishi mumkin. Bir manbaning qoʻshimcha qilishicha, Vashington Tehrondan javob kutmoqda. Oʻzaro zarbalar maʼlum vaqt davomida davom etadi.

Fevral oyi boshida AQSh va Eron Oʻmonda yadroviy dastur boʻyicha muzokaralar olib borishdi. Ushbu muzokaralardan soʻng Donald Tramp ikkinchi aviatashuvchi kema Eron qirgʻoqlariga yoʻl olayotganini eʼlon qildi.

Pentagon mintaqadagi AQSh kuchlariga taxminan 1000 askar, shuningdek, qiruvchi samolyotlar va boshqariladigan raketa esminetslarini qoʻshishini xabar qildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid