Xorazm viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Alisher Duschanov tayinlovga qadar Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Duschanov Alisher Sherzod oʻgʻli – Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Alisher Duschanov tayinlovga qadar Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.
U avval viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
