platina.uz
Jamiyat

Ramazon munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Toshkent viloyatidagi yigʻilishda mazkur tashabbus bilan chiqdi.  Yarmarkalar dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida ish boshlaydi. 

Ramazon munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari yoʻlga qoʻyiladi

Prezident tashabbusi bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari yoʻlga qoʻyiladi.

Yanvar oyida yillik inflyatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, 13 foizi goʻsht hisobidan boʻlgan.

Goʻshtda importga qaramlikni qisqartirish uchun ozuqa masalasini hal qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Muborak tumanida 5 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, makkajoʻxori ekish boshlanayotgani barcha uchun namuna ekani qayd etildi. Shu bois, bu yil qoʻshimcha 60 ming gektarda bu ishlarni tashkil qilish topshirildi. Bu qoʻshimcha 350 ming chorva uchun kafolatlangan ozuqa bazasi boʻladi.

Mayda shoxli qoramol naslini yaxshilash uchun oʻtgan yil Moʻgʻulistondan 100 ming qoʻy va echki olib kelindi. Bu yil ham mazkur ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Oʻtgan yil 772 ming tonna kartoshka import qilindi. Joriy yilda mutasaddilar, hokimlar 4,5 million tonna kartoshka hosili olishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya boʻyicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shugʻullanishi belgilandi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida markazning 2 nafardan vakili boʻladi. Markaz har haftada tuman va shahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qancha ehtiyoj borligi, bir oy, uch oy, bir yildan keyin talab qanday oʻzgarishini prognoz qiladi.

Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qanchaga qoplashi, yetishmagan qismini nimaning hisobidan taʼminlashi boʻyicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi shakllantiriladi.

“Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi boʻlgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash har qachongidan ham muhim”, – dedi davlatimiz rahbari hamda dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash boʻyicha topshiriq berdi.

Yigʻilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid