platina.uz
Jamiyat

"Eng innovatsion gʻoya" respublika tanlovi oʻtkaziladi

Tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi va gʻoliblarga 100 mln soʻm grant beriladi. 

"Eng innovatsion gʻoya" respublika tanlovi oʻtkaziladi

“Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi.

“Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9–11-sinf oʻquvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap gʻoyalarni yaratishga oʻrgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi

Qarorga koʻra, 2026 yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori boʻlgan gʻoyalarni aniqlash boʻyicha “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi.

- Tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi va gʻoliblarga 100 mln soʻm grant beriladi;

- respublika bosqichi 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi, mukofot jamgʻarmasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 10 mlrd soʻm etib belgilanadi.

2026 yil 1 sentabrdan oliy taʼlim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi. Bunda:

- oliy taʼlim tashkilotlarida IT-park va venchur jamgʻarmalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi;

- talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yoʻlga qoʻyiladi;

- oliy taʼlim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSh dollarigacha ekvivalentda oʻz mablagʻlarini investitsiya qilish huquqi beriladi;

- talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari koʻzda tutiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid