Dilshodbek Musabekov vafot etdi
U "Dizayn" jamoasidagi chiqishlari bilan mashhur boʻlgandi.

"Dizayn" jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi. Bu haqda aktyor va qiziqchi Otabek Mirzaxolov Instagram sahifasida xabar berdi.
Dilshodbek Musabekov Andijon viloyatida tugʻilgan.
U kino va yumoristik guruhdagi komik chiqishlari bilan keng omma va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Shuningdek u "Jaydari zarba", "Labbay rais" kabi bir qator oʻzbek filmlarida rol ijro etgan.
