platina.uz
Jamiyat

Andijondagi narkolaboratoriyadan 1 mln dollarlik moddalar topildi

“Telegram”dagi narkodoʻkon kuratorlari tomonidan belgilangan joylarga qoldirib ketilgan, sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan katta miqdordagi perekursorlar aniqlanib, kuzatuvga olingan.  

Andijondagi narkolaboratoriyadan 1 mln dollarlik moddalar topildi

Narkolaboratoriyadan 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari va xom-ashyolar olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari boʻyicha boshqarmalari hamda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida narkolaboratoriyalarni aniqlash va faoliyatiga chek qoʻyish boʻyicha kompleks tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, “Telegram” messenjeridagi narkodoʻkon kuratorlari tomonidan belgilangan joylarga qoldirib ketilgan, sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan katta miqdordagi perekursorlar aniqlanib, operativ kuzatuvga olindi.
Tezkor tadbir davomida ushbu perekursorlarni olish uchun kelgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 2002 y.t. ikki nafar fuqaro qoʻlga olinib, ular tomonidan Andijon shahrining “Bogʻishamol” mahallasida narkolaboratoriya tashkil qilinganligi aniqlandi.

Natijada, ushbu manzildan qora bozordagi umumiy taxminiy narxi 1 million AQSh dollariga teng boʻlgan 26 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi hamda giyohvandlik vositalari tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar va kimyoviy moddalar, laboratoriya jihozlari, 10-20 litr hajmli yelim idishlar, kontenerlar, respiratorlar, rezina qoʻlqoplar va boshqa zarur anjomlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, qonunbuzarlardan biri ushbu dala hovlini internet narkodoʻkondagi kuratori tomonidan yuborilgan 15,8 ming AQSh dollari evaziga oʻz nomiga sotib olib, laboratoriyani jihozlash uchun 5 ming AQSh dollari sarflaganligi hamda joriy yilning yanvar oyida 11,7 kg “Mefedron” narkotik moddasini tayyorlab, kuratori koʻrsatmasi asosida, xufiyona joyga joylashtirib, uning lokatsiyasini xoʻjayiniga joʻnatganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan Chirchiq shahrida ijaraga olingan omborga 400 litr prekursorlar yashirib qoʻyilganligi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda, ularga nisbatan DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid