platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Jahongir Mirpoʻlatov tayinlovga qadar Soliq qoʻmitasi Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi tayinlandi.

Mirpoʻlatov Jahongir Muzapparovich Soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻi bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Jahongir Mirpoʻlatov tayinlovga qadar Soliq qoʻmitasi Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvarda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qildi. Natijada Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshligʻi Yunusjon Nasimjonov ishdan olindi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid