platina.uz
Jamiyat

Sherzod Shermatov 60 mingga yaqin fuqaroning maʼlumotlari tarqalganini aytdi

15 mln kishining shaxsiy maʼlumotlari tarqalgani asosga ega emasligi maʼlum qilindi. 27–30 yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar boʻlgan. 

Sherzod Shermatov 60 mingga yaqin fuqaroning maʼlumotlari tarqalganini aytdi

Kiberhujumlar sabab 15 mln emas, 60 ming kishining maʼlumotlari tarqalgan. Raqamli texnologiyalar vazirligida oʻtgan matbuot anjumanida bu kiberxujum tafsilotlari va uning oqibatlari tafsilotlari eʼlon qilindi.

2 fevral kuni 15 million oʻzbekistonlikning shaxsiga oid maʼlumotlar sizib chiqqani haqida xabar tarqalgan edi.

Vazir Sherzod Shermatovga koʻra, 2026 yil 27–30 yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar boʻlgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning maʼlumotlari tarqalgan.

Rasmiylarga koʻra, kiberxujumni bartaraf qilish maqsadida tezkorlik bilan axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek quyilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuchaytirilgan.

Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilib, shaxsiy matlumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yaratilgan.

Rasmiylarga koʻra, maʼlumotlar tarqalishi fuqaroning shaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-sharifi, tugʻilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi maʼlumotlardan biri qoʻlga kiritilgan boʻlishi mumkin.

Taʼkidlanishicha, firibgar bu maʼlumotlarni qoʻlga kiritgani bilan, fuqaroning shaxsiy ishtirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oshirolmaydi. Shu sababdan ular turli usullar bilan qolgan maʼlumotlar toʻplamini koʻlga kiritish uchun navbatdagi xurujni amala oshiradi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid