platina.uz
Siyosat

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

U Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan. 

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi.

Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Rahmonqulov Mir-Akbar Xoji-Akbarovich 74 yoshida vafot etdi.

Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan.

Yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xoji-Akbarovich 1998 yilda “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 yilda “Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid