"Oʻzbekneftgaz" "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor"ga homiylik qilishni toʻxtatdi
Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yuborildi.

"Oʻzbekneftgaz" AJ superliganing uch klubiga homiylik qilishni toʻxtatdi.
AJ bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yubordi.
Ushbu xatda korxona "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor" klublarini moliyalashtirishni toʻxtatishi yozilgan.
Eslatib oʻtamiz, ikki haftadan soʻng Oʻzbekistonda superliga oʻyinlari boshlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishgandi. Taqdimotda “Oʻzbekneftgaz”ga homiylik toʻlovlarini toʻxtatish topshirildi.
Kompaniya turli yoʻnalishlarda va ayrim futbol klublariga homiylik qilib kelgan. Sohaga oid boʻlmagan aktivlar ham tasarrufdan chiqariladi.