platina.uz
Jamiyat

Andijondagi uyda gaz chaqnashi roʻy berdi

Chaqnash oqibatida yongʻin kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan, ikki fuqaro jarohatlangan. 

Andijondagi uyda gaz chaqnashi roʻy berdi

Andijondagi uyda gaz chaqnashi roʻy berdi.

Joriy yilning 11 fevral kuni soat 23:55 da Andijon shahar, "Nodirabegim" MFY hududida joylashgan koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarining birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi. Mazkur hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan.

Viloyat hokimligiga koʻra, hodisa joyiga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetib kelib vaziyatni oʻz nazoratiga oldi.

Chaqnash oqibatida yongʻin kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan.

Xonadonlar egalari taʼmirlash ishlari tugagunga qadar mehmonxonaga joylashtirildi.

Avval Novza” metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yongʻin kuzatilgandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid