platina.uz
Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamalov vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Kallibek Kamalov shu yil 11 fevral kuni 100 yoshida vafot etdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamalov vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamalov vafoti sabab hamdardlik bildirdi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli mehnat faxriysi Kallibek Kamalov shu yil 11 fevral kuni 100 yoshida vafot etdi.

Kallibek Kamalov 1926 yil 18 martda Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatib, harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, 1955 yilda Nukus davlat universitetini tamomladi. Mehnat faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoshlar qoʻmitasi kotibi lavozimidan boshlab, keyinchalik Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, Nukus shahar ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlib ishladi.

Kamalov Qoraqalpogʻiston Respublikasi kommunal xoʻjaligi vaziri, yoʻl transporti va avtomobil yoʻllari vaziri, Qoraqalpogʻiston partiya qoʻmitasi kotibi lavozimlarida samarali faoliyat koʻrsatdi.

U 1959–1963 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 1963–1984 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, Respublika yetakchisi kabi masʼul vazifalarda ishladi.

Kallibek Kamalov 1984–1986 yillarda isteʼdodli diplomat sifatida ham samarali faoliyat koʻrsatdi.

Kallibek Kamalov soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalar va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini roʻyobga chiqarish, jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarda faol ishtirok etib keldi, deyiladi xabarda.

U “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid