platina.uz
Jahon

Pavel Durov Rossiya hukumatiga ayblov bilan chiqdi

Roskomnadzor mamlakatda Telegramni rasman cheklashni boshladi. Durov esa rasmiylarni "davlat tomonidan nazorat qilinadigan ilovaga oʻtishga majburlash"da aybladi. 

Pavel Durov Rossiya hukumatiga ayblov bilan chiqdi

Rossiyada Telegram faoliyatida muammolar boshlandi.

Messenjer asoschisi Pavel Durov Rossiya hukumatiga ayblov bilan chiqdi.

Durov "fuqarolarini kuzatuv va siyosiy senzura uchun moʻljallangan davlat tomonidan nazorat qilinadigan ilovaga oʻtishga majburlashga" urinishda aybladi.

Tadbirkor oʻz platformasi bosimdan qatʼi nazar, soʻz erkinligi va shaxsiy hayotga daxldorlikni himoya qilishini taʼkidladi.

"Sakkiz yil oldin Eron ham xuddi shunday strategiyani sinab koʻrdi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular Telegramni uydirma bahonalar bilan taqiqlab, odamlarni davlat tomonidan boshqariladigan alternativaga oʻtishga majburlashga harakat qilishdi.

Taqiqqa qaramay, aksariyat eronliklar hali ham Telegramdan foydalanadilar (senzurani chetlab oʻtib) va uni kuzatuv ostidagi ilovalardan afzal koʻrishadi", deya yozdi Durov oʻz kanalida.

Roskomnadzor Rossiyada Telegram messenjerini rasman cheklashni boshladi. IT sohasidagi va davlat idoralaridagi RBK manbalariga koʻra, regulyator xizmatni sekinlashtira boshladi.

Telegramni qisman cheklash boʻyicha birinchi choralar seshanba, 10 fevral kuni joriy etildi.

Bir manbaga koʻra, messenjerga kirish tezligini maxsus ravishda kamaytirish boʻyicha texnik ishlar allaqachon boshlangan.

Rossiya vakillari Telegramni davlat xavfsizlik idoralari bilan hamkorlik qilmaslik va boshqalarda ayblaydi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid